Ср. Янв 19th, 2022

Апр 17, 2021

2021 yil 1-fevral  kuni   5-maktabda “matematika va informatika’’ fanlari oyligini O’tkazish yuzasidan  fan metodbirlashma a’zolari yig’ilishi  o’tkazildi, hamda belgilangan chora-tadbirlar asosida vazifalar  belgilab olindi. Maktabning  uslubbirlashma  rahbari  To’rayeva  M    maktabda ‘Aniq fanlar  (matematika,informatika) oyligi’ni yuksak saviyada o’tkazish yuzasidan ta’lim muassasasining buyrug’I va belgilangan chora tadbirlari ishlab chiqilganligini  hamda ijrosini taminlanishini  ta’kidlab  o’tdi.

2021 –yil 10-fevral  kuni maktabning  matematika va informatika  fani o’qituvchisi  Hayitova Olima Murodovna 5-b sinf o’quvchilari  bilanmatematika fanidan    v-bob “Oddiy  kasrlar” ga  doir  misollar yechish mavzusida  ochiq dars o’tkazdi.Dars  reja asosida o’tkazildi.O’quvchilar  ikki guruhga bo’linib, musobaqa darsi  o’tkazildi.Dars davomida o’quvchilarning  matematika faniga  bo’lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga ularning fikrlash qobiliyatlari yanada oshirildi.

2021 –yil 12-fevral  kuni maktabning  matematika  fani o’qituvchisi  To’rayeva Maxfirat   6-b sinf o’quvchilari  bilan  “Manfiy  sonlarni qo’shish va ayirish” ga  doir  misollar yechish mavzusida  ochiq dars o’tkazdi.Dars  reja asosida o’tkazildi. O’quvchilar  shartlarni bajarish jarayonida  matematika fanidan  olgan bilimlari  bilan  birgalikda o’zlarining chaqqonligi, zukkoligi,topqirligi va izlanuvchanliklarini  namoyish etdilar.